Sahrotun kosmetika tahlili

Go'zallik teridan,tahlil bilimdan.

Teringiz holatini tushunib, kosmetikani ongli tanlash va parvarishni tartibli yo'lga qo'yish uchun ilmiy yondashuv.

Aziza - kosmetika eksperti

Men haqimda

Ismim Aziza. Kosmetika bo'yicha ekspert bloger-inflyuserman. Byuti sferda 3 yilda beri faoliyat yuritaman. Shu vaqt ichida 1000dan ortiq qizlar bilan ishlaganman va natijaga chiqqanmiz. Onlayn va oflayn konsultatsiya beraman va individual ishlayman.

Kosmetika ishlab chiqarish bo'yicha akademiyada o'qiganman va hozir ham o'qib kelaman. Dermatolog va kosmetik ekspert ustozlarim bor, ularda ta'lim olganman, bu sohada yetarlicha bilim va tajribaga egaman.

3+

yil tajriba

1000+

mijoz

1:1

yondashuv

Kosmetika tahlili

Summer Fridays mist tahlili.

Yuz uchun mist tarkibi, ta'siri va kundalik parvarishda qanday ishlashi haqida qisqa sharh.

Summer Fridays kosmetika tahlili

Yuzim uchun Summer Fridays mistni ishlatyapman, huddi Dr. Althea 345 mistiga o'xshab ketadi, faqat ozroq yog'li effekti kam.

Tarkibi ham asalcha.

Namlantirish, baryer tiklash, terini tinchlantirish hammasi bor: pantenol, aloe, osiyo sentellasi, ektoin, ko'k choy ekstrakti, seramid, skvalan, shea butter.

PantenolAloeOsiyo sentellasiEktoinKo'k choy ekstraktiSeramidSkvalanShea butter

Hidi yo'q, misti yuzga juda yaxshi sepiladi, tavsiya qilaman qizlar olib ishlatib ko'ringlar.

Naborini ichidagi maska va serumini hali foydalanmadim. Lekin misti universal, hamma yuz turiga mos keladi. Issiq mavsumda kremni ham o'rnini bosib beradi.

Summer Fridays bu Amerika brendi, endi uni lab uchun blesklarini ham ishlatishim kerak ekan, brend rostan ham zo'r. Ishlatib ko'rganlar bormi bu brendni?

Maqolalar

Kosmetika, teri va parvarish haqida foydali maqolalar.

Barchasini ko'rish

Ingredientlarni oddiy tilda tushuntirish.

Uy sharoitidagi parvarish tartibini yig'ish.

Trend mahsulotlarni ehtiyoj bilan solishtirish.

Konsultatsiya va narxlar

Teringizga mos parvarishni birga tanlaymiz.

Onlayn

Bir martalik konsultatsiya

Agar siz hozirgi parvarishingizni tushunib olishni, xatolarni aniqlashni va ilmiy asosda to'g'rilangan rejaga o'tishni istasangiz, ushbu format siz uchun mos.

Konsultatsiya davomida

  • Kosmetik vositalaringiz INCI tarkibi asosida tahlil qilinadi
  • Terining hozirgi holati baholanadi
  • Parvarishdagi xatolar aniqlanadi
  • Yangi individual yuz parvarish rejasi tuziladi yoki mavjud tartib optimallashtiriladi

Jarayon

  • 30-40 daqiqa davomida anketa asosida muammolaringiz muhokama qilinadi
  • 24 soat ichida to'liq tahlil qilinib, individual parvarish rejasi yozma shaklda yuboriladi
  • 24 soat davomida savollaringizga javob beriladi

150 000 so'm

Jonli uchrashuv

Oflayn konsultatsiya

Format jihatidan onlayn konsultatsiya bilan bir xil, ammo jonli uchrashuv shaklida o'tkaziladi.

Konsultatsiya davomida

  • Teri holati joyida baholanadi
  • Mavjud kosmetikalar chuqur tahlil qilinadi
  • Individual, bosqichma-bosqich parvarish rejasi tuziladi

Jarayon

  • Davomiyligi: 1-1,5 soat

300 000 so'm

Maxsus kuzatuv

3 oylik konsultatsiya

Muammoli teri bilan tizimli va bosqichma-bosqich ishlash uchun mo'ljallangan individual format.

Nimalar kiradi

  • Birlamchi diagnostika: anketa va rasmlar asosida teri holati chuqur tahlil qilinadi
  • Kosmetika tahlili: hozir va oldin ishlatilgan vositalar INCI asosida ko'rib chiqiladi
  • Individual strategiya: aktivlar ketma-ket va nazorat bilan kiritiladi
  • Kuzatuv va korreksiya: 3 oy davomida doimiy aloqa, teri reaksiyasiga qarab sxema o'zgartiriladi

Maxsus narx

  • Ramazon oyi uchun maxsus narx

650 000 so'm

Biz bilan bog'lanish

Konsultatsiya uchun Instagram yoki Telegram orqali yozing.